“Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesini yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–260-son, 21.08.2025-y.) qabul qilindi.
2025-yildan har 2-yilda 1-marta sentyabr–noyabr oylarida Buxoro shahrida xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi oʻtkazib boriladi.
Birinchi Biyennale 2025-yil 5-sentyabr – 20-noyabr kunlari yuqori saviyada oʻtkaziladi.
Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuziladi.
Biyennale oʻtkaziladigan 14 ta madaniy meros obyekti koʻrgazma va tadbirlar, taʼlim va tadqiqot, ijodiyot va ishlab chiqarish jarayonlari uygʻunlashgan kreativ klasterga aylantiriladi.
Dunyoga taniqli ijodkor, mutaxassis va oshpazlar ishtirokida keng jamoatchilik uchun 10 haftalik ilmiy-maʼrifiy, madaniy-koʻngilochar, sayyohlik va gastronomik dasturlar tashkil etiladi.
30 nafardan ortiq xalqaro ekspert, kurator va sanʼatshunoslar ishtirokida xalqaro akademik simpozium oʻtkaziladi.








