Avval xabar berilganidek, Butunjahon Hunarmandchilik Kengashi Prezidenti Saad-al` Kaddumi janoblari va professor Ali Sha Alnajadaxa Buxoroga tashrifi davom etmoqda. Maqsad  shahrimizda o'tkaziladigan Xalqaro zargarlik va zardo'zlik festivali arafasida Buxoro shahriga “Butun jahon hunarmandlar shahri'’ maqomini berish bo'yicha xulosalar berishdan iborat.

Kengash a'zolari uch kun davomida eski shahar hududidagi hunarmandlar faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarni o'rganishadi, Usta Davron Miniatyura” markazi, “Buxoro ipak gilam to’qish maktabi klasteri”, “Bukhara silk carpets hand made” ipak gilam to'qish kabi yana bir nechta markazlar faoliyati bilan tanishishadi.

Mehmonlar bugun Arq qo'rg'oni bo'ylab sayohat qilishdi va bu yerda faoliyat olib borayotgan hunarmandlar bilan suhbatda bo'lishdi. Ularga Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov hamrohlik qildi, deb shahar hokimligi ma'lumotlari asosida “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.