Ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi oʻrinda turgan institut xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlashda davom etmoqda.
Joriy yilning 6-may kuni Janubiy Koreyaning Degu Xaani universiteti vakillari professor Leye Bong Hyo va Kim Mije Ong Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Muloqot chogʻida mehmonlar institut rektoriga qabul va hamkorlik samimiy minnatdorchilik bildirdi va Janubiy Koreyaga taklif qildi.
Kelishuvga koʻra endilikda Buxoro davlat tibbiyot instituti Degu universiteti bilan hamkorlikda talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi hamda kelgusida Xalq tabobati yoʻnalishida qoʻshma hamkorlik dasturi asosida taʼlim yoʻnalishi tashkil etiladi.