Buxoro viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

    Adilov Baxtiyor Alisherovich Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Baxtiyor Adilov 1986-yil 22-iyunda Buxoro shahrida tugʻilgan. 2008-yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — iqtisodchi.

    Ayni paytga qadar u Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

    Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlayotgan Hamroyev Mirali Muhammadjonovich oʻz arizasiga koʻra, lavozimidan ozod qilindi.