Taʼkidlanishicha, uch ayol va bir erkak oʻzaro oldindan til biriktirib, jabrlanuvchining uyiga goʻyoki Shohrux ismli yigitni soʻrab kelgan boʻlib, aldov yoʻli bilan uyga kirib oladi.
Soʻng, oldindan boʻlgan kelishmovchilikni bahona qilib, uni xonadan yotoqxonasiga olib kiradi va jabrlanuvchining sochlarini zoʻrlik bilan kesib tashlagan.
Holatni tasvirga olib, jabrlanuvchini keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qoʻrqitib voqea joyidan ketishgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga koʻra, ayolga yengil turdagi tan jarohati yetkazilgan.
Bu haqda Viloyat IIB axborot xizmati matbuot xizmati Shuhrat Jalolovning maʼlum qilishicha, olib borilgan tezkor tadbir davomida jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.