Muhokamada, Buxoro viloyatining tuman va shaharlariga biriktirilgan vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari hamda mahalliy hokimiyat organlarining tegishli rahbarlari ham ishtirok etdi.

Muloqotning ochiq shakli hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha kelgusida birgalikda ish olib borishning tamoyillari boʻyicha konstruktiv fikr almashishga imkon berdi.

Tadbir davomida Hukumatdan mahallagacha boʻlgan barcha davlat boshqaruvi bugʻinlari oʻrtasida yaqin hamkorlikni oʻrnatish muhimligi qayd etildi. Mavjud boʻlgan salohiyat va muammoli masalalarni koʻrsatgan holda hududning barcha 544 ta mahallalar pasportlarini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Ushbu pasportlar asosida tuman va shaharlarni rivojlantirishga masʼul boʻlgan rahbarlar, mahalliy hokimiyat organlari, toʻrtta sektor, tuman va shahar tashkilotlari rahbarlari mahalla raislari bilan birgalikda har bir alohida mahallada amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni koʻrsatgan holda tuman va shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishi kerak boʻladi.

Ushbu dasturlarga kichik tumanlarning infratuzilmasi va meʼmoriy qiyofasini yaxshilash, arzon koʻp qavatli uylarni qurish, ichki yoʻllarni yaxshi holatda saqlash, suv, elektr va gaz taʼminoti tarmoqlarini, ijtimoiy obyektlarni qurish va taʼmirlash, shuningdek, mehnatga layoqatli ishsiz aholini, jumladan, mahallalardagi yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlar kiradi.

Muhokama chogʻida oʻz hududlarining iqtisodiy salohiyatini oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishda mahalla rahbarlarining faolligini oshirish zarurligi haqida soʻz bordi. Mahallalar raislari yangi korxonalarni yaratish va aholini tadbirkorlik va ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish uchun yangi imkoniyatlarni aniqlash, shuningdek, kommunal va ijtimoiy infratuzilmani zamonaviylashtirish orqali fuqarolarning uy-joy-maishiy ehtiyojlarini qondirish masalalarida faol boʻlishi lozimligi ham taʼkidlandi.

Muhokama yakunida hududlarga biriktirilgan vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining shahar, tuman va mahallalar rahbarlari bilan qoʻyilgan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarishga qaratilgan hamkorlikning samarali algoritmlari ishlab chiqildi.