Xususan, viloyatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish omillari, infratuzilmani rivojlantirishning hozirgi holati hamda investitsiyalarni jalb etish uchun sanoatning istiqbolli yoʻnalishlari koʻrib chiqildi. Tadbirkorlar bilan boʻlib oʻtgan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot viloyatning tuman va shaharlaridagi vaziyatni biznes nuqtayi nazaridan oʻrganish hamda muayyan holatlar asosida viloyatda xususiy sektorni, investitsiyaviy va eksport faoliyatini rivojlantirishga taʼsir koʻrsatadigan tizimli muammolarni koʻrib chiqish imkonini berdi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari xususiy xarakterdagi savollarni koʻtarib, loyihalarni amalga oshirish va eksport operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida duch kelayotgan muammolar haqida soʻzlab berdilar. Jumladan, loyihalarni moliyalashtirish, ayrim sohalarda tadbirkorlar oʻrtasida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish, istiqbolli bozorlarga chiqish hamda gaz va elektr taʼminotiga boʻlgan ehtiyoj bilan bogʻliq masalalar koʻtarildi.

Tilga olingan masalalarni hal qilish algoritmlari bevosita yigʻilish davomida ishlab chiqildi va masʼul rahbarlarga tegishli koʻrsatmalar berildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.