Buxoro viloyati YHXB xodimlaridan innovatsion yondashuv

    Xavfsizlik 7 Iyul 2020 1986

    Buxoro viloyati IIB YHXB tomonidan yoʻl transport hodisalarining oldini olish maqsadida barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda

    Uzoq masofaga qatnovchi haydovchilarning hushyorligini oshirish hamda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida Buxoro viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan noodatiy uslubda yondashgan holda haydovchilarni yana-da sergaklantiruvchi usullardan foydalanilmoqda.

    Xususan, Buxoro viloyati Romitan tumani Gazli shaharchasi orqali choʻl hududidan oʻtuvchi A-380 – «Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» xalqaro ahamiyatga ega yoʻlning 324-km.da avtohalokatga uchragan transport vositasining maketi yoʻl yoqasiga oʻrnatilib, harakat ishtirokchilarida taʼsirchanlik ruhi oshirilmoqda. (bu haqida video lavha orqali batafsilroq yoritiladi)