Zilzila oʻchogʻi yer yuzasidan 15 km chuqurlikda joylashgan boʻlib, uning koordinatalari 40,42° shimoliy kenglik va 62,99° sharqiy uzunlikda qayd etildi.
Epitsentrda yer silkinishi kuchi 4 ballni tashkil etgan. Shuningdek, atrofdagi hududlarda ham yer silkinishi sezildi: Peshkoʻ tumanida 2-3 ball (39 km masofada), Gazli shahrida 2 ball (51 km) va Qorakoʻl tumanida 2 ball (73 km). Toshkent shahridan zilzila episentri 532 km janubi-gʻarbda joylashgan.
Hozircha talofatlar haqida maʼlumot berilmadi.









