Buxoro viloyatida yetishtirilgan meva va poliz mahsulotlari Kuvaytga eksport qilinmoqda

    Kuvaytning “Star Fruit Co. for foodstuffs, vegetables and fruits” kompaniyasi va Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi “National Agroforte” kompaniyasi oʻrtasida samarali hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.

    Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari Kuvaytning “Star Fruit Co. for foodstuffs, vegetables and fruits” kompaniyasi ijrochi direktori Abdurahmon Surur bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Muloqot chogʻida “Star Fruit Co. for foodstuffs, vegetables and fruits” kompaniyasi va Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi “National Agroforte” kompaniyasi oʻrtasida samarali hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyilgani maʼlum qilindi.

    Kompaniya ijrochi direktori Abdurahmon Sururning aytishicha, Oʻzbekistonning “National Agroforte” kompaniyasi bilan respublikada yetishtirilayotgan hoʻl mevalarning Kuvaytga eksport hajmini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

    “Yangi shartnomaga muvofiq, oʻzbek kompaniyasi tomonidan hoʻl mevalar, xususan gilos, oʻrik, shaftoli, sariq shaftoli, olxoʻri, qovun va boshqalar Kuvaytga yetkazib berildi. Oʻzbekistondan olib kelinayotgan hoʻl mevalar oʻziga xos taʼmga ega, ushbu jihat oʻzbek sheriklar bilan aloqalarni kengaytirishga undamoqda”, dedi u.