Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi va Shofirkon tumani hokimligi hamkorligida Shofirkon tumanida sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi oʻrinbosari Azizbek Yunusov, xorijdan qaytgan va xorijda yurgan mehnat migrantlarining oila aʼzolari va xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentyabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining mohiyati toʻgʻrisida tushuntirish berildi va qabulda ishtirok etish uchun kelgan fuqarolar bilan birma-bir muloqot olib borilib, ularni qiynab kelayotgan muammolari va yechim topilmay kelayotgan masalalari atroflicha oʻrganilib ijobiy hal qilish choralari koʻrildi.