баннер
27 Mar 2025
05:28

    Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt koʻchirilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon-Buxoro yoʻlida daraxtlarning qoʻporilayotgani haqida xabarlar tarqalib jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻldi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

    Viloyat Ekologiya boshqarmasi A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynau“ avtomobil yoʻlining 218-228 km (20 km) qismida rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida qurilish taʼsir doirasiga tushgan jami 1824 tup mevali hamda manzarali daraxtlar qonunchilik talablari asosida holi hududlarga koʻchirib oʻtqazilayotganini ushbu jarayon Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarorining 5-bob 33-bandiga muvofiq amalga oshirilayotganini maʼlum qildi.

    Shuningdek, boshqarmaning qoʻshimcha qilishicha, 1824 tup daraxtning 151 tupi Boqiy Buxoro majmuasi hamda Yangi Oʻzbekiston bogʻiga koʻchirib oʻtqazilganligini bildirgan holda, qolgan daraxtlarni ham holi hududlarga koʻchirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

    Maʼlumot uchun, A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynau“ yoʻlida rekonstruksiya ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon davomida loyiha doirasiga tushgan barcha daraxtlar ekologik talablar va amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda yangi joylarga koʻchirib oʻtqazilishi taʼminlanadi, — deyiladi boshqarma xabarida.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech