Yirik korxonalarda uskunalarni yangilash va audit oʻtkazish orqali 25 foizigacha elektr va gazni iqtisod qilish mumkin.

Buxoroda 200 ming koʻchmas mulk obyektida kamida 3 kilovattli quyosh paneli oʻrnatib, 600 megavatt quvvat yaratish mumkin. Bu bilan viloyat elektr isteʼmolining yana 20 foizi iqtisod boʻladi.

Lekin, hozirgacha 2 ming xonadon va 750 ta tadbirkor panellar oʻrnatgan boʻlsa-da, tarmoqqa berilgan elektr uchun bor-yoʻgʻi 292 tasiga puli toʻlangani tanqid qilindi. Oqibatda panel oʻrnatganlar ragʻbat sezmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga xonadon, mahalla, panel oʻrnatuvchini bir-biriga bogʻlab, aholiga tushuntirish, panel qoʻyganlarga toʻlovlarni oʻz vaqtida tushirish ishlarini tashkil qilib, yil yakunigacha keskin oʻzgarish qilish topshirildi.