Buxoroda 36 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchisi ikkita “Damas”da tashildi

    Ijtimoiy hayot 3 Iyun 2025 957

    Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan tegishli chora koʻrildi va bogʻcha masʼullari ustidan yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnoma kiritildi.

    IIV YHXX matbuot xizmatining xabar berishicha, Buxoro viloyatining Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan ikkita “Damas” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib tekshirilganda mashinalarda jami 36 nafar, birinchi mashinada 20 nafar, ikkinchisida esa 16 nafar voyaga yetmagan bola tashilayotgani aniqlangan.

    Ushbu xavfli tashishlar bolalarni bogʻchalardan olib kelishda sodir boʻlgan va faqatgina yoʻl harakati inspektorlarining oʻz vaqtida aralashuvi tufayli yuz berishi mumkin boʻlgan fojia oldini olishga erishildi. Oʻta masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan haydovchilar allaqachon javobgarlikka tortildi, — deyiladi xabarda.

    Qayd etilishicha, aybdorlarga, jumladan, bogʻcha masʼullariga chora koʻrish uchun yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnoma kiritilgan.