Buxoroda 38 yoshli ayol oʻzini poyezdning tagiga tashladi

    Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda bir ayolni poyezd bosib ketgani toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

    Bosh prokuratura mazkur xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga koʻra, bugun soat 06:00 da “Xoʻjadavlat-Buxoro-1” yoʻnalishidagi poyezd 43-RZD va Murgak temir yoʻl bekatlari oraligʻida harakatlanib kelayotgan vaqtda Kogon shahrida yashagan 38 yoshli ayol oʻz joniga qasd qilish maqsadida poyezd tagiga oʻzini tashlagan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

    Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda yuqorida qayd qilingan holat yuzasidan Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.