Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov onlayn ishtirok etdi. 

“Ishonchim komilki, ushbu mehmonxona loyihasi "Hyatt" brendini O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham targ‘ib qilish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, men “Valor Hospitality Partners”ning O‘zbekiston bozoriga kirib kelganidan mamnunman va Euan Mak Glashanning qo‘shma loyihalariga muvaffaqiyat tilayman”, - dedi Aziz Abduhakimov.  

Shuningdek, anjumanda “MJ Developers Group” raisi va asoschisi Mr Jalan, “VALOR Hospitality Partners” kompaniyasi Boshqaruv raisi Euan McGlashan hamda “Hyatt International, Development”ning Yevropa, Afrika, O‘rta Sharq va Janubi-G‘arbiy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Takuya Aoyama ishtirok etdi.

Mazkur kelishuvlarga ko’ra, Buxoro shahrida “Hyatt Regency” brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona o‘z faoliyatini boshlaydi. 2021-yilning IV choragida amalga oshiriladigan ushbu loyihaning umumiy qiymati 14 mln. AQSH dollarini tashkil etib, mehmonxona 224 xona va 450 o‘ringa mo‘ljallangan. Mehmonxona jami 7 qavatli bo‘lib, hozirda bino qurib bitkazilgan, xonalarga ajratish ishlari amalga oshirilmoqda. 

“Hech kimga sir emaski, Tokiodagi Disneylendga 1oyda 1mln’dan ortiq odam tashrif buyuradi. O‘zbekistonni ham aynan shu natijaga erishishiga ko‘maklashishga tayyormiz. Hozirgi kunda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va yangilanishlar bizni, xalqaro miqyosdagi investorlarning kirib kelishiga katta turki bo‘ldi. Buxoro viloyatida shunday 5 yulduzli mehmonxonani ochishimizga sabab ham mamlakatda yaratilayotgan imkoniyatlar va investorlarga berilayotgan eʼtibordan dalolat. Umid qilamanki, O‘zbekistonga kiritgan investitsiyalarimiz albatta o‘z natijalarini beradi. Shu maqsadda bugungi shartnomalarni imzolash marosimida bunga amin bo‘lgan holda yangi qadamlarni tashlashga qaror qildik. O‘ylaymizki bu bizning biznes faoliyatimizda ham O‘zbekistonning turizm salohiyatida ham yangi bosqichni boshlab beradi. Biz O‘zbekistonni boy tarixga ega davlatlardan deb bilamiz, dunyo tan olgan shaharlardan biri Buxoroni tanlaganimiz bejiz emas. Biz investorlar dunyo xalqlarining O‘zbekiston haqidagi qarashlarini o‘zgartirish vaqtimiz keldi”, – deya eʼtirof etdi “Hyatt International, Development”ning Yevropa, Afrika, O‘rta Sharq va Janubi-G‘arbiy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Takuya Aoyama.

Uchrashuv davomida O‘rta Sharq oliy darajadagi mehmonxona sanoati hamda Mj Developers o‘rtasida qo‘shma korxona shartnomasi, shuningdek, Franchayzing bo‘yicha (Metris Ventures va Hyatt Regency Buxoro yuzasidan) shartnomalar ham imzolandi.