Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻijduvon tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda tumandagi oilaviy poliklinika shifokori U.S. qoʻlga olingan.
Aniqlanishicha, shifokor poliklinikaning yuqori lavozimlarida ishlovchi tanishlari orqali fuqaro Sh.R.ga oʻqish joyidan akademik taʼtil olishi uchun tibbiy maʼlumotnoma tayyorlab berishni vaʼda qilgan va buning evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.