Ko‘p ming yillik tarixga ega qadimiy vohamizda asrlar osha shakllangan dehqonchilik madaniyati, xususan, polizkorlik maktabi an’analari 1996 yildan buyon katta uyushqoqlik bilan tashkil etib kelinayotgan “Qovun sayli”ni “Ko‘kcha”, “Amiri”, “Novvoti”, “Bo‘rikalla”, “Kampirchopon”, “Dahbedi”, “Sherozi”, “Toshloqi”, “Gulobi”, “Barginay” kabi o‘ttizga yaqin bir-biridan xushxo‘r nav bilan boyitdi va ommalashtirdi. Bu saylda viloyatning barcha tumanidan kelgan 400dan ziyod fermer xo‘jaligi tomonidan tanti dehqonlarimiz mehnati mahsuli -–1 ming 800 tonna qovun-tarvuz shaharliklar dasturxoniga tortiq qilindi.
Bundan tashqari, turli meva-sabzavotlar, asalchilik mahsulotlari savdosi ham tashkil etildi.