Qayd etilishicha, kelib tushgan xabarga asosan voqea joyiga 3 ta yongʻin qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yongʻin soat 14:00da batamom oʻchirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida avto ehtiyot qismlar savdo doʻkonining 80 kv.m maydonda tom qismi va ichidagi ehtiyot qismlari yongan.
Yongʻin oqibatida fuqarolarning kuyish va halok boʻlish holatlari aniqlanmadi.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarari boʻyicha tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.