Bu boʻyicha Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.
Shu yilning 9-iyul kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi ayol I.М. tomonidan sodir etilgan. Uning turmush oʻrtogʻi N.B. bir necha yildan buyon xorijda ishlab kelayotgan boʻlib, eri oilasidan xabar olmayotgani, yetarlicha pul joʻnatmayotganidan jahli chiqib, ayol qizlari O‘.S. (2020-yilda tugʻilgan) va O‘.S. (2021-yilda tugʻilgan) larni urib, kaltaklab, videotasvirga olgan va eriga joʻnatdi.
Buxoro viloyati IIB ga koʻra, hozirda voqea yuzasidan Jondor tumani Ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda holat Bolalar ombudsmani tomonidan oʻrganilmoqda.
Holat boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.
Ota-onalik maqomi bolaga zoʻravonlik qilish huquqini bermaydi. Bolaga nisbatan bunday harakatga yoʻl qoʻygan shaxslar kim boʻlishidan qatʼiy nazar qonunan javob berishi shart, — deyiladi xabarda