Viloyat IIBning maʼlum qilishicha, ruxsat etilmagan choʻmilish havzalarida yosh bolalarning ota-onasi yoki kattalarning nazoratisiz ushbu joylarga borishi oqibatida choʻkish holatlari kuzatilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan shu kabi ruxsat etilmagan suv havzalarida choʻmilmaslik boʻyicha aholi bilan targʻibot ishlari olib borish jarayonida Buxoro shahrida yashovchi fuqaroning suv boʻyida maqsadsiz oʻtirganligi aniqlandi.
Ushbu fuqaro bilan olib borilgan suhbat davomida hayotiy qiyinchilik va oilaviy muammolar sababli turli oʻy-xayollar bilan suv boʻyiga kelganligini maʼlum qilgan.
Aytish mumkinki, Patrul-post xodimlarining sergakligi sabab sodir boʻlishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisaning oldi olindi, bir insonning hayoti saqlab qolindi, — deyiladi xabarda.








