Buxoro viloyati, FVB Matbuot xizmatiga ko'ra, yong'in natijasida qurilmaning 24 kv.m tom va devor plastik qoplamalari yongan. Yong'in joyiga 2 ta qutqaruv avtoekipajlari jalb etilib, yong'in to'liq o'chirilgan. Yong'indan bankomatlar qurilmasining 20 kv.m maydoni va Tenge bankka qarashli bankomatlar to'liq (4 dona) saqlab qolingan.
Birlamchi ma'lumotga ko'ra yong'inning kelib chiqish sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi deb taxmin qilinmoqda. Hozirda moddiy zarari aniqlanmoqda. Yong'in oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.