Buxoroda besh kunlik chaqaloq koʻchaga tashlab ketildi

    Ijtimoiy hayot 9 Avgust 2023 1646

    Tezkor surishtiruv natijasida chaqaloqning onasi topildi.

    Joriy yilning 8-avgust kuni soat 01:30 larda Qorakoʻl tumani markazida tungi xizmatga jalb etilgan safdor Shahzod Saidov hamda profilaktika inspektori katta leytenant Habib Abdurahmonov oʻzlariga biriktirilgan hududda chaqaloq yigʻisini eshitib qolishida.

    Atrofni sinchkovlik bilan koʻzdan kechirgan xodimlar devor yonida yashil rangli paket ichida taxminan 3-5 kunlik oʻgʻil bola chaqaloq borligini aniqlashadi.

    Chaqaloq zudlik bilan tuman Tibbiyot birlashmasi Bolalar boʻlimiga yotqizilib, birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi va soha mutaxassislari nazoratiga olingan.

    Tezkor surishtiruv davomida ushbu chaqaloq 2023 yilning 4-avgust kuni yashash xonadonida hech qanday tibbiyot xodimlarisiz soat taxminan 08:00 lar atrofida dunyoga keltirilgan va 7-avgust kuni soat 21:00 atrofida onasi — 1995-yilda tugʻilgan, Qorakoʻl tumani “Mirob” mahallasida yashovchi B.Z. ismli ayol tomonidan tashlab ketilgani maʼlum boʻldi.

    Hozirgi paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.