Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Holat kecha, 23-noyabr kuni Buxoro shahrining Hamza koʻchasidagi koʻp qavatli uy xonadonlaridan birida sodir boʻlgan. Oqibatda 43 yoshli erkak, 40 yoshli ayol hamda ularning ikki nafar voyaga yetmagan — 16 va 2 yoshli qiz farzandi vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspert mutaxassislarining dastlabki maʼlumotiga koʻra, marhumlar nomaʼlum etiologiyadan zaharlanishi oqibatida oʻtkir nafas va yurak-qon tomir faoliyatining yetishmovchiligidan vafot etgani qayd etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Xabar berilishicha, oila boshligʻi O.E ichki ishlar xodimi boʻlgan. Turmush oʻrtogʻi esa mahalla raisi lavozimida ishlagan. Ularning oʻgʻillari oʻsha kuni buvisining uyiga mehmonga ketgani tufayli tirik qolgan.








