Buxoroda bugʻdoy omborxonalaridagi talon-torojliklar fosh etildi

    Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudiri N.B. va J.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 167-moddasi 2-qismi “a“ va ”g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Buxoro viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Kogondonmahsulotlari» AJga qarashli Qorovulbozor tuman don qabul qilish maskani ombor mudiri N.B.ning javobgarligida boʻlgan 120,7 mln soʻmlik jami 77,9 ming kg bugʻdoyning kamomadiga yoʻl qoʻyganligi aniqlangan.

    Shuningdek, Vobkent tuman don qabul qilish maskani ombor mudiri J.X. moddiy javobgar shaxs boʻla turib, omborda saqlab kelinayotgan jami 27,5 ming kg bugʻdoyni 78,4 mln soʻmga sotib yuborib, unga ishonib topshirilgan mulkni talon-toroj qilganligi aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudiri N.B. va J.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 167-moddasi 2-qismi “a“ va ”g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.