G'orlarning kirish qismi qumlar va o'pirilgan toshlar bilan ko'milib, tashqi ko'rinishidan deyarli bilinmaydi. Ular bir biridan yuzlab metr masofalanib, qandaydir tizim va bog'lanish aniqlanmadi.
G'orlar nima maqsadda qurilganligini bilish uchun eng yirigi tanlab olindi va yoritish jihozlari yordamida 80-100 metr masofa va 10-15 metr pastlikka tushildi. Uning ayrim joylari juda tor, ayrim joylari keng va qo'shimcha yo'nalishlar ochilgan.
G'orning geologik qatlamlari asosan ohaktoshdan iborat bo'lganligi sababli, g'or o'rta asrlar davrida (XII-XIII) mahalliy konchilar tarafidan qazilib yer ostki zahiralaridan juda keng ko'lamda foydalangan hamda ganch qurilish materialining xomashyosi olinganligi aniqlandi.