Dastlab viloyat rahbari xorijlik mehmonlarga Buxoroning turizm salohiyati, investitsion jozibadorligi, geografik nuqtayi nazardan qulay hududda joylashgani, qishloq xoʻjaligi, tabiiy boyliklari, sanoat zonalari hamda investorlarga yaratib berilgan imkoniyatlar xususida maʼlumot berdi.


Shundan soʻng Muhammad Shukri Osman hamda Dalia Alkatiri xonim oʻz kompaniyalari haqida maʼlumot berishdi. “ALPHA INDERA” kompaniyasi tarkibida bir nechta bizneslar bor. Birinchi biznesi primium klass avtomashinalari importi bilan boshlagan. Undan keyin har xil yoʻnalishlarga investitsiya olib kira boshlagan hamda barchasini yagona kompaniya qilib birlashtirgan. Xususan, kompaniya tarkibida elektromobil savdosi, neft-gaz, turizm va IT-texnologiyalari sohasida ham yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.



Malayziya kompaniyasi vakillari tomonidan tuzilmaviy boʻlinmalar orqali qimmatli qogʻozlar bozoridagi xizmatlarni (suquq) taqdim etish taklifi bildirildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, transport-logistika va madaniy-gumanitar yoʻnalishlardagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning dastlabki bosqichi sifatida Buxoro shahrida turli rusumdagi elektromobillar savdosini tashkil etish boʻyicha savdo shaxobchasi ochish taklifi maʼqullandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati