FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga koʻra, 6-iyul kuni soat 00:25 (grinvich boʻyicha 19:25) da Buxoro viloyati Peshkoʻ tumanida zilzila qayd etilgan.
Yer qimirlashining epimarkazi Toshkentdan 510 kilometr janubi-gʻarbda — Buxoro viloyati Peshkoʻ tumanida joylashgan. Uning koordinatalari 40,36 gradus shimoliy kenglik 63,27 gradus sharqiy uzunlikka ega.
Shuningdek, zilzila magnitudasi 3,4 ballga, chuqurligi 15 kilometrga teng.