баннер
17 Apr 2025
15:38

    Buxoroda faoliyat yuritmayotgan “zapravka“da noqonuniy benzin sotildi

    Ushbu “zapravka“da 3,7 mlrd soʻmlik AI-80 markali avtobenzin noqonuniy tarzda sisternadan sotib yuborilgan.

    “Oʻzenergoinspeksiya“ Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Kogon tumani “Oʻba choʻli“ MFYda joylashgan “N.P.“ MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini sotuvga chiqarilishi boʻyicha noqonuniy holat aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, “N.P.“ MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi ish faoliyatida boʻlmasada, “Buxoro neft bazasi“ MCHJdan jami 430,7 tonna (3,7 mlrd soʻmlik) AI-80 markali avtobenzinni shoxobcha sigʻimlariga tushirilmasdan avtotsisterna orqali ulgurji sotib yuborilgan.

    Hozirda holat yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlarda birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech