Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi, Ichki ishlar va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, tezkor oʻrganish ishlari amalga oshirildi.
Aniqlanishicha, shu yilning 1-iyun kuni Jondor tumani “Yosh kuch” mahallasida yashovchi fuqaro Gʻ.Gʻ. choʻl hududidagi dala shiyponiga tasodifan kirib qolgan boʻz echkiemarni ushlab, uning ogʻziga tamaki mahsulotini solgan va keyinchalik yaylovga qoʻyib yuborgan.
Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tekshiruv harakatlari prokuratura tomonidan nazoratga olingan.








