Лого Лого-пв-уз

    Buxoroda gaz quvurlariga xomut oʻrnatilib, kondensat oʻgʻirlashga zamin yaratilgani fosh etildi

    Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli qarashli jami 41 ta yoʻnalish boʻyicha 483 kilometr masofada joylashgan ishlab chiqarish obyektlari Moliyaviy va komplayens nazorat departamentining mutaxassislari tomonidan toʻliq kuzatuvdan oʻtkazildi.

    Oʻrganish davomida Departament xodimlari tomonidan quyidagi holatlar aniqlandi:

    • 4 ta holatda gaz quvurlaridan tabiiy gaz sizib chiqishi aniqlanib, shundan 2 tasi joyida bartaraf etildi;

    • gaz kondensatini talon-toroj qilish maqsadida quvurlarga xomut oʻrnatilgan 7 ta holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga topshirildi.

    Shuningdek, “Qulbeshkak” 1-sonli sexga qarashli “Gʻarbiy – Gazli gazni qayta ishlash zavodi” yoʻnalishi quvuridagi shubhali joy tekshirib koʻrilganda gaz quvurining yon qismiga xomut oʻrnatilib, oʻgʻirlik uchun zamin yaratilgani fosh etildi, deya xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati.

    Konlarda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda quvurlar hamda qurilmalarga begona shaxslar tomonidan tajovuz qilinishi kabi salbiy holatlar aniqlanganda darhol Moliyaviy va komplayens nazorati departamenti xodimlariga xabar berishlari tushuntirildi.