Yangi tartibga koʻra, toʻlov turiga qarab yoʻl haqi narxlarida sezilarli farq belgilandi: naqd pulda toʻlanganda yoʻl kira 3 000 soʻmni, elektron toʻlov orqali esa 2 000 soʻmni tashkil etadi.

Tizimni joriy etish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich 2026-yil 1-fevraldan boshlanib, unda 1, 2, 5, 10, 17 B, 19 va 33-sonli avtobus yoʻnalishlari elektron toʻlov tizimiga oʻtkaziladi. Mazkur yoʻnalishlar shaharning asosiy nuqtalarini, jumladan, avtoshohbekat, Sitora bozori, aeroport va Mohi Xosa sanatoriysini bogʻlaydi.

Ikkinchi bosqich esa 2026-yil 1-apreldan kuchga kiradi. Ushbu muddatdan boshlab shahardagi mavjud barcha avtobus yoʻnalishlarida toʻlovlarni faqat elektron tarzda qabul qilish toʻliq yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Bu chora jamoat transportida moliyaviy shaffoflikni taʼminlash va yoʻlovchilarning vaqtini tejashga xizmat qiladi.