Buxoroda har bir tuman sanoat tarmoqlariga ixtisoslashtiriladi

    Viloyatda 3 ta yirik gaz-kimyo loyihasi, 10 ta quyosh va shamol stansiyasi qurilayapti. Ularga 1 milliard dollarlik ehtiyot qismlar kerak boʻladi.

    Buxoroda har bir tumanni sanoat tarmoqlariga ixtisoslashtirish zarurligi qayd etildi.

    Viloyatda 3 ta yirik gaz-kimyo loyihasi, 10 ta quyosh va shamol stansiyasi qurilayapti. Ularga 1 milliard dollarlik ehtiyot qismlar kerak boʻladi.

    Bu ehtiyojni qondirishni oʻylash oʻrniga, viloyatda bir xil mahsulot ishlab chiqarilib, yangisini yaratish va innovatsiya olib kelish ustida ishlanmayotgani qayd etildi.

    Viloyatda 1,5 million tonna meva-sabzavot tayyorlanadi. Bu – Buxoro ehtiyojidan 2 barobar koʻp. Lekin, ularni atigi 11 foizi qayta ishlanadi, 30 foizi tashishda isrof boʻladi. Viloyatning 4 ta kichik agrologistika markazi quvvati 66 ming tonna mahsulotni qayta ishlashga yetadi, xolos.

    Mutasaddilarga ushbu zaxiralarni hisobga olib har bir tumanni ixtisoslashtirishga qaratilgan dastur tayyorlash topshirildi.

    Buxoro paxtasi tashqi bozorda eng xaridorgir. Xitoydan jalb qilingan olimlar bilimidan foydalanib, kelgusi yilda 50 foiz maydonda hosildor paxta va gʻalla yetishtirishga hozirdan tayyorgarlik qilish vazifasi qoʻyildi.