Buxoroda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

    Sanoat 4 Aprel 2024 1215

    Bugun Buxoro viloyatida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻz ishini boshladi.

    Unda mamlakatimizdagi energetika, kimyo, qurilish materiallari va yengil sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi, turizm, shuningdek, boshqa tarmoqlarga ixtisoslashgan yirik korxonalar ishtirok etyapti.

    Ushbu yarmarkani oʻtkazishdan maqsad sanoat tashkilotlari va mahalliy korxonalar oʻrtasida tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mahsulotlarni mahalliylashtirish, import oʻrnini bosuvchilarini oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyishdan iborat.

    Yarmarkada “Oʻzbekneftgaz” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan va oʻzlashtirishi rejalashtirilgan keng turdagi mahsulotlar ham namoyish etilyapti. Ehtiyoj uchun zarur boʻlgan mahsulot va xizmatlarni xarid qilish, mahalliylashtirish boʻyicha kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish yarmarkaning asosiy maqsadlaridan biri.

    Koʻrgazma doirasida oʻtkaziladigan uchrashuvlarda “Uzbekistan GTL” zavodi mahsulotlarini bozorga chiqarish va sotishda tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati “Buxoro NQIZ” MCHJ maʼlumotiga tayanib.

    Shuningdek, ushbu xabar orqali koʻrgazmaning 5-aprelda ham oʻz ishini davom ettirishi eslatib oʻtiladi.