Buxoroda ichki turizm koʻlami yanada kengayadi

    Turizm 14 Iyul 2022 2114

    Buxoro viloyati ayni damda ichki turizm tobora rivojlanib borayotgan hududlardan hisoblanadi. Joriy yilda ham mazkur hududda mahalliy turistlar oqimini koʻpaytirishga qaratilgan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi amalga oshirilyapti.

    Dastur doirasida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida jami 35 178 nafar yoshlar sayohati tashkil etildi.

    Taqqoslash uchun, 2022-yilda Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar 1 million 824 ming nafardan oshgan boʻlsa, shundan 1 million 500 mingdan ortigʻi mahalliy turistlardir.

    Maʼlumot uchun, Ichki turizm dasturi doirasida respublikaning barcha hududlarida ichki turizm targʻiboti olib borilib, viloyatlararo sayyohlik almashinuvi boʻyicha viloyat hokimlari darajasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

    Shunga koʻra, Buxoroda “Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali” oʻtkazildi. Ushbu festivalga turli viloyatlardan 500 mingdan ortiq mahalliy turistlar tashrif buyurdi. Ularga qulaylik yaratish maqsadida esa viloyatlararo maxsus charter-reyslar, qoʻshimcha avtotransport va temiryoʻl qatnovlari yoʻlga qoʻyildi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.