Buxoroda litsenziyasiz “zapravka“ jarimaga tortildi

    Voqea-hodisalar 24 Fevral 2025 778

    “Oʻzenergoinspeksiya“ Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatda nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Romitan tumanida joylashgan “R. T. Sh.“ MCHJga qarashli shoxobchada suyultirilgan gaz mahsulotlarini sotish huquqini berish boʻyicha litsenziyaning amal qilish muddati tugaganligi hamda yoqilgʻi tarqatish ustunlarini davriy davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazmaganligi aniqlandi.

    Ushbu shoxobchaga nisbatan litsenziyaning amal qilish muddati tugaganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasining 701-sonli Qonuniga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobari miqdorida (112,5 mln soʻmlik) jarima qoʻllanildi.

    Shuningdek, shoxobchadagi yoqilgʻi tarqatish ustunlarini davriy davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazmaganligi sababli, Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizatsiya qilingan tovar qiymatining ellik foizi miqdorida (11,8 mln soʻmlik) jarima ham qoʻllanildi.