Buxoroda Marko Polo haqida hujjatli film suratga olinmoqda

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK va Amerikaning V&Co LLC (NY USA) agentligi tomonidan Buxoroda “Marko Poloning Oʻzbekistondagi sarguzashtlari” nomli hujjatli film suratga olinmoqda.

    Avvalroq Navoiy viloyatidagi “Sardoba” va “Rabotu Malik” tarixiy majmualarida, shuningdek Samarqand viloyatidagi qadimiy maskanlarda ham syomka ishlari olib borilgan edi.

    Filmda italiyalik mashhur sayohatchi Marko Poloning hayoti va uning sarguzashtlari, jumladan Oʻrta Osiyodagi safarlari haqida hikoya qilinadi.

    Film ssenariy muallifi Yelena Kojevnikova, postanovkachi rejissyor Andrey Vyazigin. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.