Buxoroda mehmonxona ochish uchun Parijdagi uyini sotib yuborgan fransiyalik musiqachi

    Turizm 3 Iyul 2020 1937

    Mehmonxona dastlab “Oasis dʼHelene​” deb nomlagan, keyinchalik “Helene Oasis​” deb atagan.

    “Men Parijda tugʻilganman, uzoq vaqt davomida Besankonda, Tuluzada (Strasburg) yashadim. Maʼlumotim boʻyicha musiqachiman, pianino chalaman, konservatoriyada ishladim, hakamlar hayʼati tarkibida musiqa tanlovlarida qatnashdim, ammo, hech qachon biznes bilan shugʻullanmaganman. Mening butun hayotim — bu musiqa va sayohat” – deydi, Helen Pelosse “Spot”ga bergan intervyusida.

    Helen Pelosse birinchi marta Buxoroga 2006 yilda tashrif buyuradi. Ikkinchi tashrifi davomida esa (2007-y.) Qoʻqon madrasalarining birida koʻrgan eski ayvon unga sahnani eslatadi. Soʻngra, unda ijodkorlar va Fransiya musiqachilari Buxoroga tashrifi davomida tunashi uchun mehmonxona ochish gʻoyasi paydo boʻladi.

    Fransiyalik musiqachi Helen Pelosse, Buxoroga oshiq boʻlib, bu yerda mehmonxona ochishga qaror qiladi va bu biznesga sarmoya kiritish uchun Parij atrofidagi uyini sotib, deyarli olti yil mobaynida Buxorodagi mehmonxonani ishga tushiradi. Dastlab, uni “Oasis dʼHelene” deb nomlab, keyinchalik mahalliylashtirib, “Helene Oasis” deb atagan.

    Mehmonxonadagi har bir xonaga Umar Hayyom, Alisher Navoiy, Bibixonim, Marko Polo, Aleksandr Makedonskiy kabi tarixiy shaxslar nomi berilgan. Mazkur Buxoroning milliyligini tarannum etgan ajoyib mehmonxona 2015-yildan boshlab oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda.