Zamonaviy koʼrinishdagi mahalla binosining qurilishi, jihozlash ishlari uchun 180 million soʼm mablagʼ sarflandi. Binoda 4 xona va 1 ta majlislar zali mavjud. Hozirgi vaqtda mahallada 2 ming 734 nafar aholi, 582 xonadon, 719 oila istiqomat qiladi.
Mahalla faollari ishtirokida boʼlib oʼtgan ochilish marosimida davlatimiz rahbari tomonidan mahalla tizimiga berilayotgan yuksak eʼtibor natijasida soʼnggi yillarda fuqarolar yigʼinlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligini alohida qayd etildi.