Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish,ularni yot gʻoyalar taʼsiridan himoyalash, oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, har haftaning payshanba kunlari umumtaʼlim muassasalarida “Profilaktika kuni“ etib belgilangan boʻlib, shu kuni hamkor tashkilotlar bilan maktablarda “Tigʻ“ va “Davomat“ tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Shuningdek, maktab oʻquvchilari davomati tizimli ravishda nazoratga olingan boʻlib, muntazam darsga kelmaydigan oʻquvchilarni darsga qaytarish boʻyicha maktab, oila, mahalla va huquq tartibot idoralari hamkorligi yoʻlga qoʻyilgan.
Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining qoʻshimcha qilishicha, tarmoqlarda tarqalgan holat shu yilning 15-fevralidan 15-mart kuniga qadar olib borilgan tadbirlar davomida aniqlangan boʻlib, holatlarning har biri ota-onalar ishtirokida muhokama qilinib, ular oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilgan.
Shuningdek, bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganligi uchun ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi vasiylarga nisbatan MJTK 47-moddasi qoʻllanilgan.