Buxoroda qurulish mollari doʻkoni yonib ketdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida doʻkon yonib ketgani boʻyicha videoxabarlar tarqaldi.

    Bu haqda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, bugun soat 12:00 lar atrofida Buxoro tumani, «Xonabod» MFY, Qumrabod qishlogʻi yoʻl yoqasida joylashgan YATT Qurilish mollari savdo doʻkonida yongʻin sodir boʻldi.

    Hodisa oqibatida, doʻkonning shift qismining taxminan 40кв.м. maydoni yonib ketgan. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va zarari oʻrganilyapti.

    Maʼlumotlarga qaraganda, voqea joyiga 2 ta yongʻin qutqaruv avto ekipajlari jalb etilib, yongʻin soat 12:40da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan toʻliq oʻchirildi.

    Hodisa oqibatida, hech kim jabrlanmagan.