Buxoroda quyma oltin sotayotgan shaxslar qoʻlga tushdi

    Shofirkon tumanida 11 000 AQSH dollariga sof quyma oltin boʻlagini sotayotgan shaxslar ushlandi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.I. va S.А. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqarolar N.B. va U.М.ga ogʻirligi 154,3 gramm boʻlgan 1 dona sof quyma oltin boʻlagini 11 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.