Bu haqda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, oʻtkazilgan reydlar davomida 9 oyda jami 60 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi. Shuningdek, 2 nafar fuqaroga takroran huquqbuzarlik sodir etganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 79-moddasi 2-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga taqdim etilgan hamda sud qarori boʻyicha javobgarlikka tortildi.
Huquqbuzarliklar yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 164 million 900 ming soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan 373 million 727 ming soʻm zarar hisoblandi va huquq buzarlar jami 538 million 627 ming soʻm toʻlashi belgilandi.