Qayd etilishcha, DXX va bojxona idoralari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1985-y.t. fuqaroning yashash xonadoni hamda unga aloqador boʻlgan avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda, “Imudon”, “Serebrolizin”, “Dofamin”, “Maaloks” kabi jami 78 nomdagi 978 quti sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari boʻlmagan dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Buxoro shahrida yashovchi, 1962-y.t. shaxs uning jinoiy sherigi ekanligi aniqlandi.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga koʻra ushbu dori vositalarining 32 nomdagisi davlat reyestrida qayd etilmaganligi, 57 nomdagisiga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi,
6 nomdagisi sifatsizligi hamda 4 nomdagisi qalbakilashtirilganligi, shuningdek, saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligi sababli, ularni mamlakatimizda sotish, saqlash va amaliyotida qoʻllash taqiqlanadi.
Taʼkidlash lozimki, agarda ushbu dori vositalari toʻxtatib qolinmaganida, ular Buxoro shahri, Shofirkon, Peshku va Romitan tumanlaridagi dorixonalar orqali sotuvga chiqib ketgan boʻlar edi. Ogoh boʻling!









