“Hududgaz Buxoro” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Gʻijduvonchiqtumangaz” GTB va prokuratura xodimlari ishtirokida Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida oʻtkazildi.
Tumanning “Saidkent” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro E.A. oʻz xonadonida tashkil qilgan issiqxonada hisoblash uskunasini chetlab oʻtib, tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan va “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, 91,8 mln soʻmlik zarar keltirilgani aniqlandi. Voqea boʻyicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.