Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida 2 ta va Romitan tumanida 1 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Mazkur MTTlarga bolalarni qabul qilishda mahalladagi kam taʼminlagan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar farzandlari uchun 50 foiz chegirma joriy qilingan.

Qorakoʻl tumanining “Chovli” mahallasida qurilgan 90 oʻrinli 32-sonli MTTning barpo etilishiga 2 milliard 531 million soʻm mablagʻ sarflandi. Tumanning “Dehqonobod” mahallasidagi 31-umumtaʼlim maktabining boʻsh turgan eski binosi Investitsiya dasturi doirasida 2,3 mlrd soʻmga mukammal taʼmirlanib, 100 oʻrinli bogʻchaga aylantirildi.

Gulichehra DURDIYEVA