Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Oʻrganishlar davomida mahallalarning birida kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan fuqaroning nogironlik tayinlanishi bilan bogʻliq muammosi borligi aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilda 6 oy muddatga 2-guruh nogironligi tayinlangan fuqaro nogironlikni uzaytirish uchun qayta tibbiy koʻrikka borgan vaqtida, Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy poliklinikasi shifokorlaridan biri fuqaroga nogironlik nafaqasini umrbodga qilib berishni vaʼda qilib, 700 AQSH dollari miqdorida “pora” talab qilgan.
Ijtimoiy inspeksiya xodimlari shifokorning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyish maqsadida Buxoro shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda tezkor tadbir uyushtirildi.
2024-yil 16-oktyabr kuni shifokori ish joyida 2,5 mln soʻm miqdorida pora olayotgan vaqtida qoʻlga olindi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shu oʻrinda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi masʼullari tomonidan ushbu oila keys menejmenti dasturi doirasida baholanib, mahalla yettiligi tomonidan dastur rejasi ishlab chiqildi.
Dastur rejasiga asosan fuqaroga nogironlik belgilanishi, ish bilan taʼminlash, bogʻcha yoshiga yetgan farzandini bepul asosida maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish hamda bolalar nafaqasi tayinlanishi bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam koʻrsatildi.