Qayd etilishcha, 24-iyul kuni soat 12:20da Buxoro shahar “Bunyodkor” MFYda joylashgan yangi qurilayotgan 9 qavatli uyda yongʻin chiqdi. Yongʻin qutqaruv ekipaji soat 12:22da etib borib, yongʻin 12:49da batamom oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmadi.
Voqea joyiga 5 ta yongʻin qutqaruv ekipaji jalb etildi. Yongʻinining kelib chiqish sababi payvandlash ishlarida yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzilishi deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarari aniqlashtirilmoqda.