Buxoroda yovvoyi qirgʻovulni ovlagan fuqaro jarimaga tortildi

    Yashil sayyora 20 Yanvar 2025 785

    Buxoro viloyati Kogon tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan Oʻrta choʻl massivi hududida oʻtkazilgan nazorat reyd tadbirlarida “Qizil kitob“ga kiritilgan yovvoyi qirgʻovul ovlangani aniqlandi.

    Oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida, ushbu hududda yashovchi fuqaro D.A. oʻziga tegishli boʻlgan ov quroli bilan tegishli ruxsatnomasiz, 2 (ikki) bosh “Qizil kitob“ga kiritilgan yovvoyi qirgʻovulni ovlaganligi aniqlandi.

    Unga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 750 000 soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 75 000 000 soʻm hisoblandi.