Rahbar kadrlar jamiyat taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Ularning yuqori malaka va kasbiy bilimlari, professional mahorati faoliyat samaradorligiga xizmat qiladi. Bu toifa rahbarlar xalqning ham kayfiyatini yaxshilab, ularning kelajakka bo'lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Ayni maqsadda Buxoro viloyatida ham alohida reja-grafik asosida hokim o'rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, tuman va shahar hokimlari hamda tegishli sohalar bo'yicha viloyat boshqarmalari boshliqlari, ularning o'rinbosarlari bilimi va salohiyati kompleks baholash tizimi orqali sinovdan o'tkazilmoqda.
Ushbu tizim orqali rahbar kadrlarning bilim testi, psixologik va boshqaruv mahorati, shuningdek ularning stressga bardoshliligini sinovdan o'tkazish imkoniyati mavjud.
Jarayon respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.









